FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Aprel 2022 2919

Slalomchilarimiz Ugomda yig‘in boshlashdi

Ayni kunlarda slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Ugom maskanida navbatdagi yig‘inni o‘tkazmoqda. 24 aprelga qadar davom etadigan ushbu mashg‘ulotlarga xorijlik mutaxassis ham jalb etilgan.

O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining taklifiga binoan rossiyalik murabbiy Pavel Smirnov mahalliy trenerlarimiz bilan mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Mashqlar davomida rossiyalik mutaxassis sportchilarimizning harakatini kuzatib, o‘zining kerakli tavsiyalarini beryapti. Yig‘inga 6 nafar sportchi va 3 murabbiy jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy slalomchilarimiz Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishgan edi. Mazkur yig‘in yilning eng muhim starti - Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning birinchi qadami hisoblanadi.

Text to speech