Ramziddin Saidov 40 yoshda!
Bugun o‘zbek dzyudosining yorqin vakillaridan biri Ramziddin Saidov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Ramziddin Saidov 1982 yil 14 aprel kuni Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Afina-2004 va London-2012 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Faoliyati davomida Gran-pri, “Katta dubulg‘a” turnirlarida bir necha bor g‘alaba qozongan. Ramziddin Saidov hozirda xalqaro toifadagi hakam sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning bellashuvlarni oqilona boshqarib borishi sabab Xalqaro dzyudo federatsiyasi hamyurtimizga eng muhim va markaziy bellashuvlarni ishonib topshirmoqda. Shu bilan birgalikda, yurtdoshimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida bir qator mas’uliyatli bellashuvlarni boshqardi.
Ramziddin Beshimovich qayd etgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan "Shuhrat" medali, "Do‘stlik" ordeni va "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ramziddin Saidovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi va unga uzoq umr, mustahkam salomatlik tilab qoladi.