12 Aprel 2022 1728

Toshkent eng mahoratli gimnastikachilarni chorlaydi

Xabaringiz bor, Toshkent ko‘p yillardan beri badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlaridan biriga mezbonlik qilib keladi. Bu yil ham dunyoning sara gimnastikachilari poytaxtimizga tashrif buyurishadi. 15-17 aprel kunlari poytaxtimizda mavsumdagi Jahon kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, musobaqada qatnashish uchun 15 mamlakatdan talabnoma kelib tushgan. Ishtirokchi davlatlar: Armaniston, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, AQSh va O‘zbekiston.

Jahon kubogida yakkalik bahslarida terma jamoa yetakchilari yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Guruh mashqlarida esa Parij-2024 Olimpiadasi sikli uchun yangi shakllangan jamoamiz muxlislar uchun tayyorlagan dasturini namoyish qiladi.

Yakkalik dastur bo‘yicha tarkib:
Sabina Tashkenbayeva
Taxmina Ikromova

Guruh mashqlari uchun tarkib:
Shahzoda Ibragimova
Nargiza Jumaniyazova
Nilufar A’zamova
Mumtoza Ishoqzoda
Mariya Pak
Xurshida Abduraufova

Yana bir ahamiyatli jihati ushbu Olimpiada siklida qoidalarga o‘zgarish kiritilganida. Endilikda xalqaro federatsiya sportchilardan yanada murakkab elementlar ijrosini talab qilmoqda. Bu borada guruh mashqlaridagi snaryadlarga ham o‘zgartirishlar kiritilganini aytish o‘rinli. Endilikda qizlardan 5 ta xalqa, shuningdek, 3 ta tasma va 2 ta to‘p bilan mashq bajarishlari talab etiladi.

Bo‘lajak musobaqada terma jamoamizga omad va g‘alabalar tilab qolamiz!

Text to speech