FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Aprel 2022 3034

Yengil atletika bo‘yicha xalqaro ekspert ishtirokida murabbiylarimiz uchun texnik kurs o‘tkazilmoqda

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining bazasida ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro ekspert ishtirokida mahalliy murabbiylarimiz uchun texnik kurs boshlandi. 20 aprelga qadar davom etadigan tadbir Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Undagi darslar Xalqaro yengil atletika federatsiyasi eksperti Yevgeniy Shumarin tomonidan olib borilmoqda.

Bugun ushbu tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev, Yevgeniy Shumarin, federatsiya mutasaddilari va ishtirokchilar jam bo‘lishdi. O‘z nutqida Oybek Omilovich yurtimizda har bir sport turini yanada rivojlantirishga, ayniqsa, jahon tajribasidagi so‘nggi yutuqlarni mamlakatimizda ham tatbiq etishga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

Texnik kurs mashg‘ulotlarida Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 24 nafar murabbiy nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z bilimlarini boyitishadi. Yakunda olingan ko‘nikmalar asosida imtihon topshiriladi va undan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga "Olimpiya birdamligi" loyihasining maxsus sertifikati topshiriladi.

Ushbu seminarda bolalar va o‘smirlarga yengil atletikaning dastlabki saboqlarini qanday berish, ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda nimalarga ahamiyat qaratilishi, yosh atletlar oladigan yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash kabi jihatlarga ham alohida e’tibor ko‘rsatiladi.

Text to speech