FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Aprel 2022 2533

Dzyudochilarimiz Termizda navbatdagi yig‘inni boshlashdi

Yuzaga kelgan ikki oylik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Surxondaryo viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishga qaror qildi.

Kecha Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz mamlakatimizning eng janubiy va issiq hududiga yetib borishdi. Terma jamoamiz a’zolarini Termiz xalqaro aeroportida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari, viloyat dzyudo bo‘limi rahbari Bekzod To‘raboyev qarshi oldi.

O‘quv mashg‘ulot yig‘inlarining birinchi bosqichi Termizdagi «Alpomish» sport saroyida 10 kun davomida o‘tkazilsa, navbatdagi bosqich 21 apreldan 1 may sanasiga qadar Saudiya Arabistonining Toif shahrida tashkil etiladi. Mazkur yig‘inlar terma jamoamiz uchun 3-5 iyun kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tkaziladigan «Katta Dubulg‘a» turniriga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Mashg‘ulotlarda erkaklar terma jamoamiz ishtirok etadi.

Text to speech