FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Aprel 2022 2839

Kamonchilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish bo‘yicha “Qahramon bahodirlar” nomli xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan merganlarimiz jamoaviy dasturda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Fransiya va Turkiya terma jamoalarini mag‘lub etgan yigitlarimiz hal qiluvchi bahsda sloveniyalik atletlarga qarshi bellashishdi. Murosasiz kechgan bahs yevropalik sportchilarning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ayollar o‘rtasida vakillarimiz ishtirokida uchinchi o‘rin uchun kechgan bahs ham qiziqarli o‘tdi. Mezbonlarga qarshi kechgan bellashuvning asosiy qismida 4:4 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha imkoniyatlarda turk qizlari omadli chiqib, bronza medaliga sazovor bo‘ldilar. Afsuski, mikst bahslarida ham uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda merganlarimiz moldovalik raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Endi terma jamoamiz 17 aprelgacha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Ushbu yig‘in 18-24 aprel kunlari Antalyada o‘tadigan Jahon kubogi bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Text to speech