FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Aprel 2022 2971

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi muhim hamkorlik memorandumini imzoladi

8-9 aprel kunlari Rossiyaning "Spinnoy mozg" jamiyati prezidenti, Rossiya, Yevropa va jahon neyroxirurgiya assotsiatsiyasi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Andrey Vladimirovich Baskov Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurdi.

Andrey Vladimirovich dastlab RSTIAM faoliyati bilan yaqindan tanishib, markazning malakali mutaxassislari bilan sohadagi nazariy va amaliy bilimlarini ulashdi. Shuningdek, sportchilarni davolash va reabilitatsiya qilishning ilg‘or ishlanmalari va usullari bo‘yicha mutaxassislar uchun seminar o‘tkazdi. Tashrifning ikkinchi kunida mehmon Respublika endokrinologiya markazi va "Ezgu niyat" klinikasining faoliyati bilan ham tanishdi.

Yakunda RSTIAM va “OrthoSpine” klinikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur tadbir Markaz direktori Kamol Sirojitdinov hamda “OrthoSpine” klinikasi rahbari Andrey Baskov ishtirokida o‘tdi. Uchrashuv yakunida RSTIAM rahbari minnatdorchilik ramzi sifatida Andrey Vladimirovichga esdalik sovg‘asini topshirdi.

Text to speech