FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Aprel 2022 2395

Shpagachi qizlarimizni JCh medali sari yaqinlashishmoqda

BAAda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bugun yakuniga yetadi. Biz uchun tarixiy musobaqaga aylanib ulgurgan chempionatda terma jamoamiz vakillari yana bir medal qo‘lga kiritishga yaqin.

Reglamentga ko‘ra, bugun jamoaviy dasturdagi bahslar bilan turnir yakunlanadi. Unda qizlarimiz chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi saralangan jamoa sifatida ishtirok etayotgan sportchilarimiz dastlab Avstraliyani 45:34, so‘ng Janubiy Koreyani 45:39 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Endi ular chorak finalda shvetsiyalik raqibalariga qarshi maydonga chiqishadi.

Afsuski, yigitlarimiz ikkinchi bosqichda Bolgariyaga 40:45 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Bo‘lajak bellashuvlarda shpagachi qizlarimizga omad tilaymiz!

Text to speech