FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Aprel 2022 3264

"Golden Belt": O‘zbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Ruminiyada boks bo‘yicha "Golden Belt" nomli xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ma’lum qilganimizdek, musobaqada 10 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va 3 ta vaznda o‘zbek o‘g‘lonlarining chempionlik uchun o‘zaro ringga ko‘tarilishi jamoamiz kamida 3 ta oltin medalni naqd qilishidan dalolat berar edi. Yakunda bokschilarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Shubhasiz, bunday natijaga turnirda ishtirok etgan hech qaysi jamoa yaqinlasha olmadi. Ruminiyadagi musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz:

Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-80 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov

Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O‘ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruhbek Kenjayev

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston boks federatsiyasi va jamoamizni mazkur musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yigitlarimizning umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklaydi.

Text to speech