9 Aprel 2022 1286

Ajoyib! Kamonchi yigitlarimiz tarkibida Olimpiada chempioni bo‘lgan mezbonlarni mag‘lub etishdi

Turkiyada kamondan otish bo‘yicha “Qaramon bahodirlar” xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha dasturda shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

Ayniqsa, yigitlar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda sportchilarimizning ishtiroki ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Yao Yuy Chen, Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalovdan iborat jamoamiz dastlab chorak finalda Fransiya jamoasini 6:2 (57:52, 52:54, 57:56, 57:52), so‘ng tarkibida Tokio-2020 chempioni Mete Gazo bo‘lgan mezbonlarni 6:0 (56:52, 56:54, 55:54) hisobida taslim etib, chinakam sensatsiya qildi. Endi ular ertaga final bosqichida sloveniyalik merganlarga qarshi bahslashishadi. 

Qizlarimiz esa musobaqani Sloveniya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlashdi. Biroq yarim finalda germaniyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishdi. Endi ular ertaga mezbonlarga qarshi bronza medali uchun bellashadilar. Shuningdek, mikst jamoamiz ham bronza medaliga sazovor bo‘lish imkoniyatini saqlab turibdi. Buning uchun ular Moldova jamoasini mag‘lub etishlari talab qilinadi.

Text to speech