9 Aprel 2022 1545

Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada barcha oltin medallar o‘zimizda qoldi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasi mezbonlik qilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa nihoyasiga yetdi. Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnirda o‘zbek dzyudosining istiqbolli yoshlari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

So‘nggi kunda 7 vazn toifasida bellashuvlar o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edik. Quvonarlisi, ularning barchasida hamyurtlarimiz g‘alaba qozondilar. Shu tariqa, yoshlar o‘rtasidagi barcha 14 vaznda chempionlik dzyudochilarimizga nasib etdi. Ikki nafar vakili finalda imkoniyatni boy bergan va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan Qirg‘iziston ikkinchi, 1 ta kumush hamda 2 ta bronza medalini jamg‘argan tojikistonlik yosh dzyudochilar umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band qilishdi. Bu borada jamoamizning umumiy medallari 14 ta oltin, 11 ta kumush va 21 ta bronzani tashkil etdi. So‘nggi kun g‘olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi
1. Nurbek Murtozoyev (O‘zbekiston)
2. Shahzodxo‘ja Sharipov (O‘zbekiston)
3. Amirbek Aminov (O‘zbekiston)
3. Javlonbek Xayrullayev (O‘zbekiston)

-90 kg vazn toifasi
1. Jahongir Mamatrahimov (O‘zbekiston)
2. Bunyod Jabbarbergenov (O‘zbekiston)
3. Muhammadali Tangriyev (O‘zbekiston)
3. To‘lqinbek Turdiyev (O‘zbekiston)

-100 kg vazn toifasi
1. Rustam Shorahmatov (O‘zbekiston)
2. Asror Nortojiyev (O‘zbekiston)
3. Muhammadqodir Mansurov (O‘zbekiston)
3. Numonjon Rajabov (O‘zbekiston)

+100 kg vazn toifasi
1. Islombek Ravshanqulov (O‘zbekiston)
2. Ibrohimjon Elmurodov (Tojikiston)
3. Javohir Murodullayev (O‘zbekiston)
3. Qahramon Rahmonov (O‘zbekiston)

-70 kg vazn toifasi
1. Shahlo Egamberganova (O‘zbekiston)
2. Gulira’no Suvonqulova (O‘zbekiston)
3. Shohista Amirova (O‘zbekiston)
3. Begoyim Hayitova (O‘zbekiston)

-78 kg vazn toifasi
1. Irisxon Qurbonboyeva (O‘zbekiston)
2. Shirinjon Yo‘ldosheva (O‘zbekiston)
3. Shinar Ibrayeva (O‘zbekiston)
3. Shahida Narmuhammedova (Qirg‘iziston)

+78 kg vazn toifasi
1. Mohinur Parmonova (O‘zbekiston)
2. Hosiyat Masharipova (O‘zbekiston)
3. Fotima Kuramboyeva (O‘zbekiston)
3. Kimbat Seytmaxanbet (Qozog‘iston)

Text to speech