Boks: Hamyurtlarimiz "Golden Belt" musobaqasining 7 ta vaznida finalga yo‘l olishdi, ularning 3 tasida o‘zbekcha duel
Ruminiyada o‘tkazilayotgan "Golden Belt" musobaqasi o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Musobaqani terma jamoamiz 13 ta medal bilan yakunlashi aniq bo‘lib ulgurdi. Yanada ahamiyatlisi, bugun o‘tkaziladigan final janglarining 3 ta vazn toifasida hamyurtlarimiz oltin medal taqdirini o‘zaro bahsda hal qilishadi.
Ortda qolgan yarim final janglarida 10 nafar vakilimizning qo‘li baland keldi va yana 3 nafari bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yuqoridagi fakt terma jamoamizning yana kamida 3 tadan oltin va kumush medallarni naqd qilganini anglatadi. Shubhasiz, bugun kechki dasturda -75 kg, -80 kg va +92 kg vazn toifalaridagi hamyurtlarimizning bahsi ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘ladi. Batafsil:
Finalga yo‘l olganlar:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-80 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyorbek O‘ralov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bronza medali sohiblari:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63.5 kg: Shohruhbek Kenjayev