FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Aprel 2022 2845

Chavandozimiz Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etmoqda

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha terma jamoamiz murabbiyi va ayni vaqtda sardori Bekzod Qurbonov Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogining hal qiluvchi bosqichida qatnashmoqda.

“King Kornet L” laqabli tulpori bilan ishtirok etayotgan Qurbonov dastlabki saralash kunida o‘z omadini sinab ko‘rdi. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining ma’lum qilishicha, bellashuvlar 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu bosqichda Bekzod Qurbonov 36 ishtirokchi orasida nafaqat Markaziy Osiyo, balki Xalqaro ot sporti federatsiyasi tarkibidagi Yevrosiyo ligasidan qatnashayotgan yagona vakil hisoblanadi. Reglamentga ko‘ra, ertaga yana bir saralash bahslari o‘tkazilsa, 10 aprel kuni chavandozlar medallar uchun bahs olib borishadi.

Text to speech