FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Aprel 2022 2719

Bektemir Meliqoʼzievni tabriklaymiz!

Bugun boks boʼyicha XXXI yozgi Olimpiya oʼyinlari kumush medali sovrindori Bektemir Meliqoʼziev oʼz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bektemir Meliqoʼziev 1996 yil 8 aprelь kuni Qoʼqon shahrida tugʼilgan. Boks boʼyicha oʼsmirlar oʼrtasida jahon chempioni, “Nankin-2014” oʼsmirlar Olimpiadasi gʼolibligini qoʼlga kiritgan Bektemir kattalar toifasida ham oʼzining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

“Rio-2016” Olimpiya oʼyinlari kumush medali sovrindori, ikki karra jahon chempionati sovrindori (2015, 2017) va ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017). Professional boksda WVO Inter-Continental (2020) va WVA Continental Americas (2019-2021) versiyalarining amaldagi chempioni. Sport sohasidagi yuksak yutuqlari uchun "Oʼzbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi Bektemir Meliqoʼzievni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, bokschimizga uzoq umr va mustahkam sogʼliq tilab qoladi.

Text to speech