7 Aprel 2022 1753

O'smir dzyudochilar o'rtasidagi bahslar yakunlandi

“Universal” sport majmuasida o'tayotgan dzyudo bo'yicha Uchqun Murodov xalqaro xotira turnirida o'smirlar o'rtasidagi bellashuvlar yakuniga yetdi. Ikkinchi kun dasturida o'rta va og'ir vazn toifalarida g'oliblar aniqlandi.

Kutilganidek, ushbu kun dasturida ham yosh polvonlarimiz o'zlarini har jihatdan yaxshi ko'rsata olishdi. Ayniqsa, tajribali murabbiylar qo'l ostida shug'ullanayotgan, kuchli maktabda yetishib chiqqan dzyudochilarimiz ko'rsatgan yuqori texnika ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Ikkinchi kun dasturida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilar:

-66 kg vazn toifasi
1. Abil Yusubov (Ozarbayjon)
2. Mate Gvelesiani (Gruziya)
3. Nurlibek Arginbek (Qozog'iston)
3. Jasurbek Shakarboyev (O'zbekiston)

-73 kg vazn toifasi
1. Nahid Targuliyev (Ozarbayjon)
2. Dosbol Balgabay (Qozog'iston)
3. Akbar Altay (Qozog'iston)
3. Giorgi Mishvelidze (Gruziya)

-81 kg vazn toifasi
1. Luka Kareleshvili (Gruziya)
2. Arman Bilalxanov (Qozog'iston)
3. Askar Birjanov (Qozog'iston)
3. Yegor Rakov (Qozog'iston)

-90 kg vazn toifasi
1. Alisher Samanov (O'zbekiston)
2. Boburjon Normurodov (O'zbekiston)
3. Farruh Madartov (O'zbekiston)
3. Abbos Shermahmatov (O'zbekiston)

+90 kg vazn toifasi
1. Giorgi Baduashvili (Gruziya)
2. Sherdor Rahmatov (O'zbekiston)
3. Soloyjon Bobojonov (O'zbekiston)
3. Alizan Nazimxanov (Qozog'iston)

-63 kg vazn toifasi
1. Marjona Nurilloyeva (O'zbekiston)
2. Asal Karimjonova (O'zbekiston)
3. Layloxon Yo'ldosheva (O'zbekiston)
3. Farzona Yarasheva (O'zbekiston)

-70 kg vazn toifasi
1. Barchinoy Qodirova (O'zbekiston)
2. Tuygul Hamroyeva (O'zbekiston)
3. Anastassiya Nagachevskaya (Qozog'iston)
3. Sevinch Mahmudjonova (O'zbekiston)

+70 kg vazn toifasi
1. Mohlaroyim To'xtamisheva (O'zbekiston)
2. Azhar Asxat (Qozog'iston)
3. Nargiz O'razbekova (Qozog'iston)
3. Sevinch To'raqulova (O'zbekiston)

Bugun musobaqada 20 yoshgacha bo'lgan dzyudochilar o'rtasidagi bahslarga navbat beriladi.

Text to speech