6 Aprel 2022 1452

Kamonchilarimiz xalqaro musobaqa va yig‘inda ishtirok etish uchun Turkiyaga yo‘l olishdi

Bugun tongda kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiya safariga jo‘nab ketdi. Sportchilarimiz bir necha kun davomida xalqaro musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishadi.

Rejaga ko‘ra, dastlab merganlarimiz 7-10 aprel kunlari Antalyada bo‘ladigan Qahramon bahodirlar musobaqasida ishtirok etishadi. Shundan so‘ng 11-17 aprel kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradilar. Safarning so‘ngida 18-24 aprel kunlari ushbu shahar mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bosqichida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Jamoamiz quyidagi sportchilar bilan Turkiya safariga yo‘l olgan:

Amirxon Sodiqov
Ozodbek Ungalov
Mirjalol Qarorov
Yuy Yao Chen
Ziyodaxon Abdusattorova
Kamola Yunusova
Munira Nurmanova
Nilufar Hamroyeva

Text to speech