4 Aprel 2022 976

Mart oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablag'lar to'g'risida MA'LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2022 yil mart oyida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 11 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablag‘lardan mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun 4 022 584 603 so‘m miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar G‘aznachilikning tegishli tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilmoqda.

Text to speech