4 Aprel 2022 1312

Jamoaviy dasturda qilichbozlarimizga omad yetishmadi

BAAda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Ma’lum qilganimizdek, bugun sablya bo‘yicha jamoaviy dasturda g‘oliblar aniqlanadi.

Afsuski, bellashuvlarda vakillarimizga ozgina omad yetishmadi. Filippinlik raqibalarini mag‘lub etgan qizlarimiz ikkinchi davrada turkiyalik qilichbozlarga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Ikkinchi saralangan jamoa sifatida ishtirok etgan yigitlarimiz esa dastlabki davradan erkin o‘tishdi. Ikkinchi bosqichda Filippin 45:14, uchinchi davrada Bolgariya 45:37 hisobida dog‘da qoldirildi. Biroq chorak finalda ispaniyalik qilichbozlarga 42:45 hisobida mag‘lub bo‘ldik.

Ertadan musobaqada 20 yoshgacha bo‘lgan toifada rapira ustalari yakkalik dasturida g‘oliblik uchun bellashishadi.

Text to speech