FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Aprel 2022 3461

Muhammadkarim Xurramov va Nigora Tursunqulovani tabriklaymiz!

Bugun Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan 2 nafar sportchimiz Muhammadkarim Xurramov hamda Nigora Tursunqulova tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov 1997 yil 4 aprel kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olib va sovrindori, Dyusseldorf “Katta dubulg‘a” turnirining oltin medal sohibi. Polvonimiz -100 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

Nigora Tursunqulova 1999 yil 4 aprel kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Taekvondochimiz 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza va Vetnamdagi Osiyo chempionatining oltin medal sohibi hisoblanadi. Shuningdek, 2019 yil Chiba (Yaponiya) Gran-prisi hamda Usi (Xitoy) shaharida o‘tgan “Katta dubulg‘a” (saralash) musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizni bugungi tavallud ayyomlari bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech