FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Aprel 2022 3494

Alisher Yusupov Antalya “Katta dubulg‘a” musobaqasining kumush medali sohibiga aylandi

Turkiyada dzyudo bo‘yicha Antalya “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi bellashuvida hamyurtimiz Alisher Yusupov gruziyalik Guram Tushishvili bilan chempionlik uchun bahs olib bordi.

Eng og‘ir vazn toifasida kurashgan polvonimiz dastlab vazari ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bahs o‘rtasida tajribali raqib, Tokio-2020 finalchisi, jahon chempioni ippon bahosi bilan bellashuvni foydasiga hal qildi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz Antalya “Katta dubulg‘a” musobaqasini 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medal bilan yakunladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va jamoamizni tabriklaydi.

Text to speech