1 Aprel 2022 1527

Dilshodbek Baratov faoliyatida ilk bor IJF musobaqalarida shohsupaga koʼtarildi

Аntalyada oʼtayotgan dzyudo boʼyicha “Katta dubulgʼa” musobaqasida terma jamoamiz ilk medalini qoʼlga kiritdi. -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Dilshodbek Baratov faoliyatidagi muhim gʼalabaga erishdi. 

Bronza medali uchun gruziyalik Jaba Papinashviliga qarshi tatamiga chiqqan Dilshodbek chiroyli kurashi va irodasi bilan nomdor raqibini magʼlub etdi. Shu tariqa harbiylar oʼrtasida jahon chempionligini qoʼlga kiritgan Baratov faoliyatida ilk bor IJF tasnifidagi musobaqada shohsupaga koʼtarilmoqda. 

Shuningdek, kechki dastur doirasida Diyora Keldiyorova (-52 kg) final, Sardor Nurillaev (-66 kg) esa bronza medali uchun oʼtadigan bellashuvlarda tatamiga chiqishadi.

Text to speech