FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Aprel 2022 2750

Dilshodbek Baratov ham bronza medali uchun kurashadi

Antalya “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etayotgan yana bir dzyudochimiz kechki dasturda shohsupaga koʻtarilish imkoniyatiga ega boʻldi.

-60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshodbek Baratov chorak finalgacha boʻlgan yoʻlnni muvaffaqiyatli bosib oʻtdi. Yarim final ostonasida ispaniyalik Fransiska Garrigosga imkoniyatni boy bergan Baratov oʻtish bosqichida gretsiyalik raqibini magʻlub etib, shohsupaga koʻtarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Endi u uchinchi oʻrin uchun gruziyalik Jaba Papinashvili toʻsigʻidan oʻtishi kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, -66 kg vaznda Sardor Nurillayev ham bronza medali uchun kurash olib boradi.

Final:
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Reka Pupp (Vengriya)

Bronza medali uchun:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – Jaba Papinashvili (Gruziya)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Basxu Yondonperenlei (Moʻgʻuliston)

Text to speech