FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Aprel 2022 2475

Chirchiqda beshkurashchilar “Laser-run” turnirida bellashishdi

Chirchiq shahridagi OʻzDJTSU maydonida zamonaviy beshkurashning lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha “Laser-run City-tour” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 9 yoshdan 63 yoshgacha boʻlgan 272 nafar koʻngilli ishtirok etdi.

Ishtirokchilar asosan yoshlardan iborat boʻlib, Universitet talabalari qatori Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kelgan atletlar raqobat olib borishdi. Yakunda barcha ishtirokchilarga sertifikatlar, gʻolib va sovrindorlarga esa medal va diplomlar topshirildi.

Qolaversa, musobaqa doirasida Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi hamda Universitetning Sport koʻpkurashlari fakulteti oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Unga koʻra tomonlar seminarlar tashkil etish va bu orqali mutaxassislarning malakasini oshirish, ushbu sport turini yanada rivojlantirish uchun ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi.

Text to speech