FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Mart 2022 2323

Osiyo chempionati qahramonlari “Bunyodkor” stadionida qarshi olindi

Xabaringiz bor, 24-29-mart kunlari Tojikiston poytaxti velosportning shosse yoʻnalishidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz bugun poytaxtimizda munosib kutib olindi.

Velosportchilarimizni qutlash boshqa sport turlariga qaraganda oʻzgacha oʻtdi. Mutasaddilar musobaqa qahramonlarini “Bunyodkor” stadionida qarshi olishdi. Marosimda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Kozim Oʻrinboyxoʻjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish hamda Mudofaa vazirligi xodimlari, sportchilarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

Qitʼamizning 23 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar bilan kechgan raqobatda hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashgan edi. Qayd etish joiz, bu jamoamizning Osiyo chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi boʻldi.

Marosimda mutasaddilar sportchilarimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda, jumladan joriy yil Xanchjou shahrida oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida ham chempionlik shohsupasiga koʻtarilishlarini tilashdi.

Text to speech