31 Mart 2022 1382

Antalya “Katta dubulg‘a” turniriga qur’a tashlandi

Ertaga Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlanadi. Bugun musobaqa oldidan rasmiy matbuot anjumani va har bir vazn toifasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, 5 nafar vakilimiz o‘z vazn toifalarida saralangan 8 dzyudochi orasida qayd etilgan. Dzyudochilarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

Erkalar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – Mixrach Akkush (Turkiya)
-60 kg: Kemran Nurillayev – Angelo Pantano (Italiya)
-66 kg: Sardor Nurillayev– Uillis Garsiya (Venesuela)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Mixail Soutlasvili (Gretsiya)
-73 kg: Shahram Ahadov – Manuel Lombardo (Italiya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev– Yasel Dias (Kuba) / Damyan Stapiyen (Polsha)
-81 kg: Muso Sobirov – Shamil Borchashvili (Avstriya)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Eshli Gonsales (Moldova)
+100 kg: O‘tkir To‘raboyev – Ivaylo Dimitrov (Bolgariya)
+100 kg: Alisher Yusupov – Emil Mattsson (Shvetsiya)

Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Blandayn Pot (Fransiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Xsuan Lin Xsu (Xitoy Taipeyi)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Ya Yex (Xitoy Taipeyi)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Xesret Bozkurt (Turkiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Bernadetta Graf (Avstriya)
-70 kg: Shohista Nazarova – Marua Pino (Fransiya)
-78 kg: Irisxon Qurbonova – Sandra Liskun (Polsha)

Text to speech