31 Mart 2022 1198

Ozarbayjonda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining soʻnggi bosqichi start olmoqda

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi boʻyicha mavsumning soʻnggi bosqichiga start beriladi. 3-aprelga qadar davom etadigan musobaqada jamoamiz ham asosiy tarkib bilan ishtirok etadi.

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, turnirda 35 mamlakatdan 151 nafar gimnastikachi roʻyxatdan oʻtgan. Jamoamiz ayni Qohira bosqichidagi tarkib bilan qatnashadi: Oksana Chusovitina, Ominaxon Halilova, Dildora Aripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev, Oʻtkirbek Joʻrayev.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tarkib bilan sportchilarimiz Misrda 2 ta kumush medalini qoʻlga kiritishgan edi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi jamoamizga boʻlajak bahslarda omad tilaydi.

Text to speech