29 Mart 2022 1427

Shomurodovning xet-trigi jamoamizni “Navruz Сup-2022” gʻolibiga aylantirdi

Namanganda futbol boʻyicha tashkil etilgan “Navruz Сup-2022” oʻz yakuniga yetdi. Unda bosh sovrin uchun Uganda jamoasiga qarshi maydonga tushgan Oʻzbekiston MTJ ishonchli gʻalabaga erishdi.

Uchrashuvda jamoamiz 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlab Jaloliddin Masharipov hisobni ochgan boʻlsa, bahs davomida Eldor Shomurodov 3 bor raqib darvozasini ishgʻol qildi. Ushbu gollarga mehmonlar 2 bor javob qaytara olishdi.

“Navruz Сup-2022”, final

Oʻzbekiston – Uganda 4:2

Gollar: Jaloliddin Masharipov 35ʻ, Eldor Shomurodov 39ʻ, 55ʻ, 72ʻ – Faruku Miya 52ʻ, Emanuel Okvi 78ʻ

Qayd etish joiz, Dubaydagi musobaqada Vyetnamga qarshi maydonga tushgan yoshlarimiz ham gʻalaba qozonishdi. Jasur Jaloliddinovning jarimadan kiritgan super goli bahs taqdirini hal qildi.

Text to speech