28 Mart 2022 1594

Velosportchilarimiz beshinchi oltin medalni rasmiylashtirishdi

Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Terma jamoamiz bugungi kun hisobidan ikkinchi, musobaqadagi beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Navbatdagi oltin medal yosh yigitlar o‘rtasidagi guruh poygasi bahsida qo‘lga kiritildi. Unda ishtirok etgan Samandar Sultonov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. E’tiborlisi, xuddi qizlar bellashuvida bo‘lgani kabi ushbu dasturda finish arafasi O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalarining vakillari raqobat olib borishdi. O‘ziga xos duelda Sultonov Maksim Taraskinni dog‘da qoldirdi.

Veloshosse bo‘yicha OCh, yoshlar (U-20)
Guruh poygasi, 111 km:
1. Samandar Sultonov (O‘zbekiston) – 2:47:13
2. Maksim Taraskin (Qozog‘iston) – 2:47:13
3. Ilya Karabutov (Qozog‘iston) – 2:56.50

Eslatib o‘tamiz, Sultonov mazkur musobaqaga Fransiyada “Team Culture Velo u19” jamoasi bilan tayyorgarlik ko‘rgan edi. Bugun xorijda to‘plangan ulkan tajriba qit’a chempionligi yo‘lida xizmat qildi.

Text to speech