FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Mart 2022 2211

Yevropalik kurash murabbiylari uchun xalqaro seminar tashkil etildi

Joriy yilning 26-27-mart kunlari Rim shahrida Xalqaro kurash instituti tomonidan yevropalik kurash murabbiylari va mutaxassislari uchun xalqaro seminar oʻtkazildi.

Seminarning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov, Italiya kurash federatsiyasi prezidenti Vittorio Giorgi, Italiya sport tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Shundan soʻng IKA texnik direktori Rizo Nosiri tomonidan oʻzbekistonlik mahoratli murabbiylar bilan birgalikda Italiya, Gretsiya, Malta va boshqa Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyurgan 40 nafardan ziyod murabbiy va mutaxassislar uchun kurashning barcha usul va qoidalari boʻyicha ham nazariy, ham amaliy saboqlar berildi. Master-klass ZOOM platformasi orqali ham toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etildi.

Seminarning yakuniy kunida bir qator muhim uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Xususan, “Libertas” Sportni ommalashtirish milliy assotsiatsiyasi Bosh direktori Fabio Kaizzo bilan kurash sportini Yevropa davlatlarida yanada ommalashtirish boʻyicha kelishib olindi.

Seminar ishtirokchilariga Xalqaro Kurash instituti tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

Text to speech