26 Mart 2022 1365

Dushanbedagi Osiyo chempionatida navbatdagi oltin medalni qoʻlga kiritdik

Tojikiston poytaxtida oʻtkazilayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatida delegatsiyamiz yana bir oltin medalga sazovor boʻldi. Bugun hamyurtimiz Anna Kuskova yoshlar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Poyga 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida alohida start yoʻnalishda oʻtkazildi. 15.6 km masofaga oʻtgan mazkur poygada sportchimiz 20:06.908 daqiqada marraga yetib keldi. Ikkinchi natija qozogʻistonlik Darya Kazakbayga nasib etdi. Kuskova qozogʻistonlik sportchidan 47.963 soniya yaxshi natija koʻrsatgan. Uchinchi oʻrindan vyetnamlik Txi Be Xong Nguyen joy oldi.

Bugun kun davomida 23 va 30 yoshgacha boʻlgan yigitlar oʻrtasida ushbu yoʻnalishdagi poyga oʻtkaziladi. Unda ishtirok etadigan vakillarimizga ham chiroyli gʻalabalar tilab qolamiz.

Text to speech