FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Mart 2022 2333

Basketbolchilarimiz Jahon kubogi yoʻllanmasi uchun bahs olib borishadi

Qatar poytaxtida 3x3 basketbol boʻyicha Jahon kubogi yoʻllanmasi uchun Osiyo mintaqasi saralash bosqichi oʻtkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan ayollar jamoamiz bugun jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin.

Qizlarimiz guruh bosqichida dastlab Qozogʻiston jamoasini 14:13, Shri-Lankani 16:9 hisobida magʻlub etishdi. Endi yarim finalda Eron jamoasi raqib boʻladi. Reglamentga koʻra, faqat gʻolib jamoagina joriy yil Belgiyada oʻtadigan final bosqichiga yoʻl oladi.

Yarim final juftliklari:
19:10 – Yangi Zelandiya – Qozogʻiston
19:45 – Oʻzbekiston – Eron

Yarim final gʻoliblari Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadigan hal qiluvchi bellashuvda maydonga chiqishadi. Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.

Jamoamiz tarkibi: Aliya Samatova, Yelena Husnitdinova, Kristina Avdeyeva, Natalya Koneva.

Text to speech