Eshkak eshuvchilarimizning Tailanddagi g‘alabalari davom etmoqda
Tailandning Rayong shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugun o‘tkazilgan bahslarda ham sportchilarimiz ajoyib ishtiroklari bilan 19 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Ushbu kun dasturidan o‘rin olgan barcha bellashuvlar 500 metr masofaga o‘tkazildi. Sportchilarimiz yoshlar va kattalar o‘rtasidagi startlar bilan hisoblaganda 6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Kanoechi ayollar o‘rtasidagi kechagi dasturda Gulbahor Fayziyeva yakkalik dasturida g‘alaba qozongan edi. Bugun u Tokio-2020 ishtirokchisi Nilufar Zokirova bilan juftlik bahsida marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz:
Kattalar, oltin medal:
С-2: Gulbahor Fayziyeva va Nilufar Zokirova
С-2: Artur Guliyev va Elyorjon Mamadaliyev
Kumush medal:
K-4: Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina va Arina Tanatmisheva
С-1:Xonzoda Erkinova
K-4: Samandar Haydarov, Shaxriyor Mahkamov, Vilyam Ibragimov va Denis Onufriyev
Bronza medal:
K-1: Arina Tanatmisheva
K-2: Shaxriyor Maxkamov i Vilyam Ibragimov
K-2: Kamila Malaxova va Yuliya Borzova
С-4: Gulbahor Fayziyeva, Nilufar Zokirova, Xonzoda Erkinova va Dilnoza Rahmatova.
Yoshlar, oltin medal:
С-2: Azimjon Sotiboldiyev va Kamoliddin Rahmatulayev
С-4: Samandar Nabiyev, Muhammadali Mirismanov, Kamoliddin Raxmatullayev va Azimjon Sotiboldiyev.
K-2: Kseniya Ivliyeva va Dilshoda Abdurahmonova
С-1: Shohsanam Sherzodova
Kumush medal:
K-1: Kseniya Ivliyeva
K-4: Ibratbek Ergeshev, Abdusalom Normirzayev, Sergey Slepov va Akmal Mirzayev
С-1: Muhammadali Mirismanov
K-1: Kseniya Ivliyeva
K-2: Ibratbek Ergeshev va Abdusalom Normirzayev
Bronza medal:
K-1 500m Sergey Slepov