FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Mart 2022 3642

Yekaterina Xilkoni tabriklaymiz!

Bugun trampolin boʻyicha Pekin-2008 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Yekaterina Xilko oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Xilko Yekaterina Viktorovna 1982-yil 25-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Sportchimiz trampolin dasturida 2018-yil Osiyo chempionligini, Doxa-2006 va Guanchjou-2010 Osiyo oʻyinlari, 2009-yil Sankt-Peterburgda oʻtgan jahon chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Pekinda oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan. Muvaffaqiyatlari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Yekaterina Xilkoni bugungi ayyom bilan samimiy muborakbod etib, unga uzoq umr, mustahkam sogʻlik tilab qoladi.

Text to speech