Tailandda yana bir bor madhiyamiz yangradi
Tailandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati boshlangani haqida xabar bergan edik. Sportchilarimiz kunning ikkinchi yarmida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Yosh kanoechilarimizdan tuzilgan to‘rtlik ekipaj o‘z yosh toifalarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, jamoamiz hisobiga yana 4 ta kumush va 1 ta bronza medallari ham yozib qo‘yildi. Bugungi kunning so‘nggi dasturlarida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz:
Kattalar, kumush medal:
С-4: Nurislom To‘htasin o‘g‘li, Elyorjon Mamadaliyev, Artur Guliyev, Vladlen Denisov
K-1: Yekaterina Shubina
K-4: Shohruhbek Azamov, Vilyam Ibragimov, Samandar Haydarov, Shahriyor Mahkamov
Bronza:
С-2: Vladlen Denisov, Gerasim Kochnev
Yoshlar, oltin medal:
С-4: Samandar Nabiyev, Muhammadali Mirismanov, Azimjon Sotiboldiyev, Kamoliddin Rahmatullayev
Kumush medal:
K-2: Kseniya Ivliyeva, Dilshoda Abdurahmonova
Eslatib o‘tamiz, kunning birinchi yarmida sportchilarimiz 5 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan edi. Shu tariqa, bugun jamg‘arilgan medallar 6 ta oltin, 9 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, barcha yo‘nalishlar 1000 metr masofaga o‘tkazildi. Yoshlar toifasi 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida tashkil etildi.