FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Mart 2022 2479

Ulug‘bek Rashitovni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ulug‘bek Rashitov 2002 yil 23 mart kuni Toshkentda tug‘ilgan. Yosh sportchimiz 2018 yil Tunisda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza, o‘sha yil Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘tgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida kumush medaliga sazovor bo‘lgan. 2019 yil yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medal qo‘lga kiritish barobarida musobaqaning eng yaxshi sportchisi ham bo‘lgan edi. Keyinchalik Uxanda o‘tgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medal sohibiga aylandi. Shundan so‘ng yana bir qator musobaqalarda o‘zining yuksak mahoratini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lishi o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Aynan u o‘zbek taekvondochilari orasida Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan birinchi atletdir. Ko‘rsatgan xizmatlari evaziga Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yili “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ulug‘bek Rashitovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech