FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Mart 2022 2707

“Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqladi

Poytaxtimizda har yili an’anaviy tarzda ot sportining konkur yo‘nalishida o‘tkaziladigan “Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Bu gal Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 60 chavandoz g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Shiddatli bahslar yakunida quyidagi chavandozlar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

“A” toifasi, 130 sm:
1. Xurshidbek Alimjonov (“Kordon blyu”, ot laqabi)
2. Omar Sharipov (“Giatris”)
3. Dilmurod Abdurahmonov (“Kalibri”)

“В” toifasi, 110 sm:
1. Oqib Sobirjonov (“Affir”)
2. Ibrohim Yo‘ldoshev (“Parij”)
3. Temur Azizov (“Furina Fan De Fiarat Z”)

“С” toifasi, 100 sm:
1. Humoyun Jasurov (“Rich”)
2. Boburjon Valijonov (“Kalimera”)
3. Abdulaziz Izzatullayev (“Volya”)

“D” toifasi, 115 sm:
1. Lochin Tohirjonov (“Kvintet Ji”)
2. Olimjon Gaziyev (“Flayt”)
3. Elina Akramova (“Vilbot”)

“Е” toifasi, 110 sm:
1. Madina Hidoyatova (“Samira”)
2. Alisher Erkinov (“Lasetti”)
3. Omar Sharipov (“Perfekt”)

“F” toifasi, 90 sm:
1. Bekzod Ro‘zmuhammedov (“Kontinus”)
2. Mirzohid Musayev (“Donoglrano”)
3. Temur Azimov (“Mashtab”)

Ahamiyatli tomoni, ot sporti bo‘yicha Yevrosiyo ligasi bosh kotibi Sergey Buykevich, “MAXIMA STABLES” ot sporti majmuasi direktori Nikolay Aristov bu galgi musobaqaning faxriy mehmoni bo‘lishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bayramona dasturxon tuzilib, milliy taomlarimiz ulashildi. G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech