22 Mart 2022 1455

Parij-2024 uchun 13.4 million chipta sotuvga chiqariladi

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlari uchun umumiy hisobda 13.4 million dona chipta sotuvga chiqariladi. Bu haqida tashkiliy qoʼmita maʼlum qilmoqda. Ulardan 10 milliontasi Olimpiya, 3.4 milliontasi esa Paralimpiya oʼyinlariga ataladi. 

Qoʼshimcha qilinishicha, mazkur chiptalar sotuvi raqamli platforma orqali yoʼlga qoʼyiladi. Bu musobaqani tomosha qilish uchun keladigan muxlislarga qulaylik yaratishi maqsadida amalga oshirilmoqda. Platforma sotuvi tenderga qoʼyilgan boʼlib, hozirgacha uni yutib olish uchun mamlakatning 3 yirik kompaniyasi raqobat olib bormoqda. 

Olimpiya oʼyinlari chiptalarning bir milliontasi 24 yevro (26.5 АQSh dollari) va 500 000 dona Paralimpiya oʼyinlari chiptasi 15 yevro (16.5 АQSh dollari) narxida boʼladi. Bunda eng ommabop hisoblangan yengil atletika, suzish va boshqa yoʼnalishlardagi bahslar uchun chiptalar ham koʼzda tutilgan. Olimpiya oʼyinlariga moʼljallangan chiptalarning yarmi 25-50 yevro (26.5-55 АQSh dollari) qilib belgilanishi kutilmoqda.

Text to speech