FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Mart 2022 2490

Slalomchilarimiz Osiyo chempionatini oltita medal bilan boshlashdi

Tailandning Banchang shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha turli yosh toifalaridagi qit’a chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, bugungi bahslarda terma jamoamiz 6 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada kattalar o‘rtasida baydarka slalomining yakkalik va uchlik dasturida, shuningdek, U-23 toifasidagi yakkalik yo‘nalishida startga chiqqan yigitlarimizning ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Boisi ushbu yo‘nalishlarda terma jamoamiz oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz va ularning yo‘nalishlari haqida batafsil:

Oltin medal:
K1x3 Senior: Jonibek Temirgaliyev, Barkamol Mirzahamdamov, Aleksandr Voroshilov
K1 U23: Jonibek Temirgaliyev
K1 Senior: Barkamol Mirzahamdamov

Kumush medal:
C1 Senior: Alibek Temirgaliyev

Bronza medal:
C1x3 Senior: Alibek Temirgaliyev, Abubakr Bukanov, Sherzod Qurbonaliyev
C1 U18: Sherzod Qurbonaliyev

Text to speech