21 Mart 2022 1417

Sportimiz faxriylariga bayram kayfiyati ulashildi

Navroʻz bayrami xalqimiz orasida keksalarning holidan xabar olish, barchamiz yashaydigan xonadonlar va mahallalarda amalga oshiriladigan hasharlar kabi qadriyatlar bilan yanada chiroyli. Xalqimizga xos boʻlgan ushbu anʼanani davom ettirish maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi hayotini oʻzbek sportining rivojiga bagʻishlagan bir guruh faxriylarimizga bayram kayfiyatini ulashdi.

Bahodir Maxsitov boshchiligidagi kengash mutasaddilari dastlab Qoʻmita binosida xayriya sovgʻalarini egalariga topshirishdi. Soʻng imkoniyati cheklangan faxriylarimizning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi va homiylar tomonidan yuborilgan zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda moddiy yordam oʻz egalariga topshirildi.

Oʻz oʻrnida faxriylarimiz davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrlik va eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirib, mustaqilligimiz abadiyligi, xalqimiz farovonligi uchun barchani duo qilishdi.

Text to speech