FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Mart 2022 2602

Polochilar "Toshkent viloyati hokimi kubogi" musobaqasida bellashishdi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimizda ommaviy sayllar qatorida turli sport tadbirlarini o‘tkazish ham an’ana tusini olgan. Jumladan, Toshkent viloyatida Navro‘zi olam bayramiga bag‘ishlab sportning polo turi bo‘yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi-2022" turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston polo federatsiyasining ma’lum qilishicha, musobaqada "Qorabayir milliy brendi", Qashqadaryo viloyatining "Temir yo‘llari" va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahri va viloyati Bosh boshqarmalari jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa davraviy tizimda o‘tib, jamoalar bir-biri bilan o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in va o‘ta murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Text to speech