21 Mart 2022 1829

Suvga sakrash: Yosh toifalari bo‘yicha o‘tgan mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” suzish havzasida suvga sakrash bo‘yicha turli yosh guruhlarida O‘zbekiston chempionati bahslari yakuniga yetdi.

Bu yilgi mamlakat chempionatida Toshkent shahri va viloyati, shuningdek, Namangan, Samarqand, Andijon, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridan kelgan sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Ma’lumki, joriy yil suvga sakrash bo‘yicha terma jamoamiz qator xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qiladi. Mazkur chempionat orqali murabbiylarimiz terma jamoamiz tarkibini shakllantirib olishdi.

O‘z yo‘nalishida g‘alaba qozongan sportchilarimiz bilan tanishing:

Tramplin 3 metr. D guruhi. O‘g‘il bolalar
Jamoliddin Faxriddinov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. C guruhi. Qizlar
Kamola Nasrullayeva - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. C guruhi. O‘g‘il bolalar
Kirill Ibragimov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. B guruhi. Qizlar
Yelena Polikarpova - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. B guruhi. O‘smirlar
Mixail Tetov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. A guruhi. Qizlar
Shahnoza Yo‘ldosheva - Namangan sh.

Tramplin 3 m. A guruhi. O‘smirlar
Hojiakbar Fuzailov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. Ayollar
Marjona Islomova - Jizzax sh.

Tramplin 3m. erkaklar
Kamron Xojimov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. С/D guruhi. Juftlik, o‘smirlar
Isfandiyor G‘ofurov + Jamoliddin Faxriddinov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. A/B guruhi. Juftlik, ayollar
Yelena Polikarpova + Darya Bajukova - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. A/B guruhi. Juftlik, erkaklar
Abdulloh Bahodirov + Azizjon Alisherov - Toshkent sh.

Tramplin 3 m. Juftlik, erkaklar.
Kamron Hojimov + Davron Botirov - Toshkent sh.

Text to speech