FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Mart 2022 2755

Qohiradan xushxabar davom etadi

Misr poytaxtida oʻtkazilayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida terma jamoamiz navbatdagi medalni qoʻlga kiritgan. Bu gal yosh umidli vakilamiz Dildora Aripova sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Erkin mashq dasturida ishtirok etgan Aripova oʻzining texnik jihatdan ancha murakkab boʻlgan chiqishini maromida bajara oldi va yakunda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Vakilamiz faqatgina vengriyalik Dorina Boyetsoyegodan ortda qoldi xolos. Kuchli uchlikka kanadalik Lauri Denomi yakun yasab berdi.

Eslatib oʻtamiz, kecha tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina ham kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. Shu tariqa, delegatsiyamiz mazkur musobaqada 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritib turibdi.

Text to speech