FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Mart 2022 2718

Gerasim Kochnev va Gulbahor Fayziyevani tabriklaymiz!

Bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamizning ikki nafar vakili Gerasim Kochnev hamda Gulbahor Fayziyeva tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Gerasim Kochnev 1987 yil 20 mart kuni tug‘ilgan. Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 1000 metr masofada ishtirok etadi. Vakilimiz faoliyati davomida Osiyo chempionati va o‘yinlarida ko‘p karra sovrindor bo‘lgan. Shuningdek, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida yakkalik bellashuvlarida ishtirok etgan.

Gulbahor Fayziyeva 2002 yil xuddi shu kuni dunyoga kelgan. Yosh iqtidor egasi 2018 yil Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘tkazilgan yoshlar Olimpiya o‘yinlarida 500 metr masofaga kechgan bellashuvning g‘olibiga aylangan. Hozirda Gerasim Kochnev va boshqa jamoadoshlari qatori Tailandda start oladigan navbatdagi qit’a chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki hamyurtimizni tavallud kuni bilan tabriklab, ularga uzoq umr va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech