FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Mart 2022 2400

Og‘ir atletika: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov birinchi kun qahramonlari

Xivada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kattalar o‘rtasidagi bahslarga start berildi. Birinchi kun dasturida muxlislar Tokio-2020 ishtirokchisi Adhamjon Ergashev, 2021 yilgi jahon chempioni Doston Yoqubov kabi nomdor polvonlarning ishtirokidan bahramand bo‘lishdi. Kutilganidek, yetakchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Natijalar esa quyidagicha:

-55 kg: Azizbek Shomurotov (Xorazm) – 209 (93+116) kg
-61 kg: Diyorbek Ro‘zmetov (Xorazm) – 255 (115+140) kg
-67 kg: Adhamjon Ergashev (Namangan) – 310 (140+170) kg
-73 kg: Doston Yoqubov (Toshkent vil) – 315 (140+175) kg.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa quyidagi sportchilar g‘alaba qozonishdi:

-45 kg: Amangul Qalibekova (QQR) – 105 (48+57) kg
-49 kg: Zuhra Otajonova (Xorazm) – 150 (65+85) kg
-55 kg: Jamila Panfilova (Toshkent vil) – 189 (87+102) kg

Text to speech