19 Mart 2022 1700

Oksana Chusovitina Qohiradagi Jahon kubogida ham shohsupaga ko‘tarildi

Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, bugun hamyurtimiz Oksana Chusovitina shohsupaga ko‘tarildi.

Tayanib sakrash dasturida qanashgan Chusovitina 12.95 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvda sloveniyalik Tiaza Kisselef 13.18 ballga loyiq ijro bilan g‘alaba qozondi. Kanadalik Lauri Denomi esa 12.85 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi.
Tayanib sakrash, ayollar:

1. Tiaza Kisselef (Sloveniya) – 13.18
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 12.95
3. Lauri Denomi (Kanada) – 12.85

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Oksana Doxadagi bosqichda g‘alaba qozongan edi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchimizni bugungi muvaffaqiyati bilan tabriklab, unga kelgusida ham omad va zafarlar tilab qoladi.

Text to speech