19 Mart 2022 1281

Sadullayeva va Radzivil jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Serbiyaning Belgrad shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada ikki nafar hamyurtimiz Svetlana Radzivil hamda Safina Sadullayeva ishtirok etishdi.

Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan vakilalarimiz kuchli o‘nlikdan joy oldilar. Sadullayeva 1.92 metr natija bilan oltinchi, Radzivil esa 1.88 metr bilan o‘ninchi pog‘onani egalladi. G‘oliblik 2.02 metr balandlikni zabt etgan ukrainalik Yaroslava Maxuchixga nasib etdi.

Yengil atletika bo‘yicha JCh, Serbiya.
Balandlikka sakrash, ayollar:

1. Yaroslava Maxuchix (Ukraina) – 2.02 metr
2. Eleanor Peterson (Avstraliya) – 2.00
3. Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) – 1.98 ...
6. Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) – 1.92 ...
10. Svetlana Radzivil (O‘zbekiston) – 1.84

Text to speech