FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Mart 2022 3360

2030 yilgi qishki Olimpiada mezbonligi uchun kurash avjida

2030 yil bo‘lib o‘tadigan XXVI qishki Olimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun kurash avjida. Boisi, uni qabul qilishga bel bog‘lagan aksariyat shaharlarda katta tajriba bor.

Ulardan biri Yaponiyaning Sapporo shahridir. Shahar 1972 yil qishki Olimpiada mezbonligini qabul qilgan. Shahar meri bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari Yaponiya va XOQ uchun kam harajatli bo‘lishiga ishonmoqda. Uning so‘ziga ko‘ra, musobaqani qabul qiladigan ob’ektlarning 92 foizi qurib bo‘lingan. Faqatgina 1972 yil qad ko‘targan inshootlarni zamonaviy rekonstruksiya qilish talab etiladi.

Shuningdek, 2030 yilgi qishki Olimpiada mezbonligiga Sapporodan tashqari Solt-Leyk-Siti (AQSh), Vankuver (Kanada) hamda Barselona-Andorra-Pireney qo‘shma arizalari kelib tushgan. Ma’lumki, AQShning nomzod shahri 2002 yil, Vankuver esa 2010 yil oq Olimpiadani qabul qilgan. Shu bois ushbu shaharlardagi mavjud infratuzilma Sapporodagidan qolishmaydi.

Ma’lumot uchun, 2030 yilgi qishki Olimpiada mezboni kelasi yil Hindistonda o‘tadigan XOQning 140-Sessiyasida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Text to speech