FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Mart 2022 4537

Voleybolchilarimiz bu mavsum ishtirok etadigan musobaqalarga qur’a tashlandi

Osiyo voleybol konfederatsiyasi taqvim rejasidan joriy yil bir qator musobaqalar joy olgan. Konfederatsiya ZOOM platformasi orqali Osiyo o‘yinlarigacha bo‘lgan davrda o‘tadigan musobaqalar uchun qur’a tashlash marosimini o‘tkazdi.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasining ma’lum qilishicha, erkaklar va ayollar jamoalarimiz ushbu muddat ichida 6 ta musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz qatnashadigan turnirlar, ularning muddati va raqiblarimiz haqida:

Women’s club volleyball championship (24-30 aprel, Qozog‘iston): Qozog‘iston (A va B jamoalari), Tailand, Eron, O‘zbekiston, Yaponiya.

Qizlar o‘rtasida U-17 Osiyo chempionati (6-13 iyun, O‘zbekiston). A guruhi: O‘zbekiston, Tailand, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Eron.

Qizlar o‘rtasida U-19 Osiyo chempionati (4-11 iyul, Qozog‘iston). B guruhi: Yaponiya, Vetnam, O‘zbekiston.

Ayollar o‘rtasida Chellenj kubogi (22-28 avgust, Gonkong). B guruhi: Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, O‘zbekiston, Shri-Lanka.

Men’s club volleyball championship (14-20 may, Eron): A guruhi: Eron, Tailand, O‘zbekiston, Yaponiya.

Erkaklar o‘rtasida Chellenj kubogi (24 avgust, 4 sentyabr, Qirg‘iziston). В guruhi: Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka, O‘zbekiston, Quvayt.

Mazkur musobaqalar jamoalarimiz uchun joriy yilning 10-25 sentyabr kunlari Xitoyda o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga saralash vazifasini bajarib beradi. Unga o‘tkaziladigan qur’a keyinroq tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Text to speech