18 Mart 2022 1806

Radzivil va Sadullayeva jahon chempionatida

Bugun Serbiya poytaxti Belgrad shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati start oladi. Unda terma jamoamiz sharafini ikki nafar hamyurtimiz himoya qiladi.

Balandlikka sakrash bo‘yicha 3 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi Svetlana Radzivil hamda Tokio-2020 finalchisi Safina Sadullayeva birgalikda medallar uchun kurash olib borishadi. Reglamentga ko‘ra, vakillarimizning chiqishi ertaga Toshkent vaqti bilan 15:00 ga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi atletlarimizga bo‘lajak startda muvaffaqiyat tilaydi.

Text to speech