18 Mart 2022 1632

Og‘ir atletika: Mezbonlar umumjamoa hisobida yetakchilik qilishmoqda

Xiva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda. Ayni vaqtda musobaqaning 3 kuni ortda qoldi va hozircha mezbonlar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yetakchilik qilishmoqda.

-73 kg vazn toifasida g‘alaba qozongan Diyorbek Ermatovning chiqishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Namanganlik polvon shunday katta natija ko‘rsatdiki, u zabt etgan 286 kgni -81 va hatto -89 kg toifalarida chempion bo‘lgan yigitlar ham qaytara olishmadi. Uchinchi kunda g‘olib bo‘lgan sportchilar va ularning natijalari bilan tanishing:

Yigitlar:
-73 kg: Diyorbek Ermatov (Namangan) – 286 (131+155) kg
-81 kg: Begis Kenesbayev (Qoraqalpog‘iston) – 280 (129+151) kg
-89 kg: Rahmatillo Egamberdiyev (Andijon) – 274 (120+154) kg

Qizlar:
-81 kg: Barchinoy Salayeva (Xorazm) – 166 (74+92) kg
+81 kg: Xushnoza Xoliqova (Buxoro) – 184 (81+103) kg

Text to speech